Kartalarga pulni qaytarish: qoidalar va muddatlar
Pul mablag’larini qaytarish, qaysi to’lov kartalariga va qanday qilib qaytarilishi haqida batafsil ma’lumot. Qaytarish qoidalari va muddatlari.
1. Agar to’lov tugallangan bo’lsa, pulni qaytarishni iloji yo’q
Agar siz to’lov kartangizdan mobil, internet, kommunal yoki boshqa xizmatlar uchun haq to’lagan bo’lsangiz (Pay Way to’lov xizmatida mavjud), shuningdek, kartaga yoki elektron hamyon hisobiga o’tkazmani amalga oshirgan bo’lsangiz va to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo’lsa va to’lov tugallangan bo’lsa, pulni kartaga qaytara olmaysiz.
2. SBP orqali to’lovlar – qaytarib berilmaydi
SBP (tezkor to’lov tizimi) orqali o’tkazilgan pulni qaytarib bo’lmaydi. SBP orqali pul o’tkazish haqida ko’proq ma’lumot bu yerda >>
3. Agar to’lov bekor qilinsa – to’liq qaytarib beriladi
Agar ma’lum bir sababga ko’ra to’lovni amalga oshirish imkoni bo’lmasa, u holda to’lov pul yechib olingan kartaga to’liq hajmda (to’lovni qaytarish yoki bekor qilish) amalga oshiriladi.
Diqqat! Biz pulni darhol qaytarib beramiz. Biroq, har bir to’lov tizimi pulni qaytarish uchun individual shartlarga ega, shuning uchun:
- UzCard kartaga darhol qaytadi;
- HUMO kartasiga 3 ish kuni ichida qaytadi;
- MIR kartasiga 24 soat ichida qaytadi;
- VISA kartasiga 3 kun ichida qaytariladi;
- MasterCard kartasiga 3 kun ichida qaytariladi.
Shuni alohida ta’kidlashni istardikki, bu bizning shartlarimiz emas, balki TT (to’lov tizimlari) shartlari. Biz yuqorida belgilangan muddat davomida kartangiz hisobiga pulni to’lov tizimlari orqali qaytarib beramiz.
Savollaringiz bo’lsa:
Saytdagi qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing
Telegram qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing
Call Center +998952000103
Xizmat yangiliklari uchun Telegram kanaliga o’ting
PAY WAY to’lov xizmati – qulay tarzda to’lang!