» Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishhar o‘n yilda bir marotaba o‘tkaziladi Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish har o‘n yilda bir marotaba o‘tkaziladi

Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishhar o‘n yilda bir marotaba o‘tkaziladi

Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yilning 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston tarixidan o‘rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo‘q edi.

Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

 Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferensiyasining aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida, shaxsga doir ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga olish varaqlari asosida har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldiriladi, ya’ni ro‘yxatga oluvchi shaxslar tomonidan uyma-uy yurib, har bir respondent uchun alohida to‘ldiriladi.

Yana bir muhim prinsiplardan biri, bu shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi bo‘lib, bunda aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘ilgan shaxsga doir ma’lumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatil-masligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha aholi.stat.uz rasmiy sayt orqali to‘liq ma’lumot olishingiz mimkin.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi