O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026 yillarga mo‘ljallanmoqdaм
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish umummilliy tadbiri 2022 yilda o‘tkazilishi kerak edi. Xususan, 2019-yil 5-fevralda “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, 2020-yil 16-martda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan edi.
O‘zbekistonda 2025-2026 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 mart kuni imzolagan PQ-114-sonli qarori ilovasida belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da Prezident huzuridagi Statistika agentligiga, mas’ul vazirlik va idoralarga 2025-2026 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
2024 yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettiradi. Jumladan, agentlikka aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash, 2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, agentlik xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirishi va ro‘yxatga olish natijalari chiquvchi jadvallar namunalarini shakllantirishi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqishi kerak.
Aholini ro‘yxatga olish esa 2025-2026 yillarda o‘tkazilishi, natijalari esa 2026-2027 yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Savollaringiz bo’lsa:
Saytdagi qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing
Telegram qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing
Call Center +998952000103
Xizmat yangiliklari uchun Telegram kanaliga o’ting
PAY WAY to’lov xizmati – qulay tarzda to’lang!